So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  2 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  4 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Rasmiy xabar: “Yozyovon” jamoasiga texnik mag'lubiyat yozildi Yangiliklar

Rasmiy xabar: “Yozyovon” jamoasiga texnik mag'lubiyat yozildi

Teglar :  YozyovonPFL
Xabaringiz bor, PFL joriy mavsumdan boshlab klublarning har qanday ko'rinishdagi qarzdorliklarini o'z vaqtida barataraf etishlariga jiddiy etibor qaratmoqda.

Klublar oldiga yozgi transferlar yopilguniga qadar barcha qarzdorliklarini bartaraf etish vazifasi yuklatilgan edi. Biroq ayrim klublar mazkur holatga beparvolik bilan munosabatda bo'lishdi. Jumladan, Haqqulobodning “Norin” jamoasi Pro ligada yozgi tanaffus yakunlanguniga qadar ham mavjud qarzdorliklarni o'z vaqtida uzish bo'yicha amaliy harakatlar amalga oshirmagani sababli “Dinamo” qarshi o'yinda haqqulobodliklarga texnik mag'lubiyat yozilgan edi.

Bugun Pro liga 19-tur uchrashuvlari doirasidan o'rin olgan “Yozyovon” – “Xotira-79” o'yini ham o'tkazilmadi. Bunga sabab yozyovonliklar badal puli va tartib-intizom qo'mitasi qarorlari bo'yicha qarzdorlikni o'z vaqtida uzish borasida etarlicha amaliy ishlar bajarishmadi. Jamoa vakillari Pro ligada yozgi tanaffus yakunlanishiga 2 kun qolganidagina harakatga tushishdi. Biroq allaqachon kech bo'lib ulgurgan edi.

SHu o'rinda qayd etish joizki, PFL xuddi shunday vaziyatda bo'lgan “Xorazm” hamda “Xotira-79” jamoalariga nisbatan bunday qatiy choralar ko'rmadi. Sababi “Xorazm” va “Xotira-79” jamoalari yozgi transferlar yakunlanishidan avval mavjud kamchilik va qarzdorliklarni uzish bo'yicha kafolat xati taqdim etishdi. Biroq “Yozyovon” hamda “Norin” jamoalari rahbariyati mazkur holatga beparvolik qilishdi.  

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика