Rasmiy xabar: UEFA stadionlarga cheklangan miqdorda muxlislarning qaytishiga ruxsat berdi
01 okt 2020 22:10
Yangiliklar


Rasmiy xabar: UEFA stadionlarga cheklangan miqdorda muxlislarning qaytishiga ruxsat berdi
Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, UEFA koronavirus bilan bog'liq cheklovlarni yumshatadi. Endi o'yinlar vaqtida cheklangan miqdorda tomoshabinlar kirishiga ruxsat beriladi. Qarorga binoan stadion tribunalarining 30 foiz to'lishi mumkin, shuningdek, bunda turli davlat va shaharlardagi cheklovlar ham hisobga olinadi.
Mehmon jamoa muxlislari esa stadionga kiritilmasligi belgilab qo'yildi. Tomoshabinlarni stadionga qaytarish ishlari keyingi hafta terma jamoa uchrashuvlari vaqtida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar