So’nggi yangiliklar

14:48Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоасининг CAFA мусобақаси учун таркибини Кападзенинг ўзи йиғади  0 14:28Breaking! Асилбек Жумаевга Европадан қизиқиш бор  4 14:07"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 13:38Неймар футбол тарихидаги энг яхши ярим ҳимоячи кимлигини айтди  2 13:09"Ньюкасл" бош мураббийи Исак билан боғлиқ ҳолатга изоҳ берди  0 12:41"Милан" Яшари трансферини ҳал қилди  0 12:13"Нефтчи" футболчисини четлатиш, "Сурхон" дарвозасига эса пенальти белгилаш керак эди – 16-турдаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  3 11:45ЦСКА Файзуллаев учун тўлиқ тўловни кутмоқда  2 11:14Россия ЖЧ иштирокчиси Иордания терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашуви ўтказади  9 10:40Саудия жамоалари МЮ тарбияланчисига 80 миллион евро тўлашга тайёр  2 10:03"Интер" тўпурар ҳужумчи билан шартнома имзолашга яқин  0 09:30Луис Диаснинг "Бавария"га ўтганидан сўнг ойлиги 4 бараварга ошди  6 08:57"Манчестер Сити" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  1 08:35Европанинг машҳур клуби Неймар билан шартнома имзоламоқчи  3 08:03Аутсайдерлар баҳсида "Сантос" ғалаба қозонди. Неймардан дубль  1

Rasmiy xabar: Ixtiyor Karimov “SHo'rtan” bosh murabbiyi etib tayinlandi Yangiliklar

Rasmiy xabar: Ixtiyor Karimov “SHo'rtan” bosh murabbiyi etib tayinlandi

Teglar :  Ixtiyor Karimov
Xabaringiz bor, 2016 yilgi futbol mavsumi g'uzorliklar uchun omadsiz boshlandi.

“Oq bo'rilar” jamoasi bir nechta tur davomida ochko olishning uddasidan chiqishmadi. SHundan so'ng, jamoa mahalliy mutaxassis, asli g'uzorlik bo'lgan Ixtiyor Karimov boshqaruviga ishonib topshirilgach, “SHo'rtan”ning ishlari yurishib ketdi. Natijada birin-ketin “So'g'diyona”, “Andijon”, “Olmaliq”, “Obod” va “Paxtakor” kabi jamoalar mag'lubiyatga uchratildi. Qolgan uchrashuvlarda ham futbolchilar sifatli va mazmunli o'yinlar ko'rsatishdi. Birinchi davra yakunlari bo'yicha jamoaning Oliy ligadagi ishtiroki yaxshi, deb baholandi.

Mana shu ijobiy holatlar va I.Karimoning ish salohiyati, malakasi hisobga olingan holda uning lavozimidagi “vaqtinchalik vazifasini bajaruvchi” qo'shimcha olib tashlandi. SHu yilning 20 aprelidan etiboran “SHo'rtan” jamoasida  vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajarib kelayotgan Ixtiyor Tog'aevich Karimov klub rahbariyati qaroriga ko'ra, rasman bosh murabbiy etib tayinlandi.

SHunday qilib, so'nggi uch-to'rt oy davomida “SHo'rtan” jamoasiga yangi bosh murabbiy kelishi yoki xorijlik mutaxassislar ish boshlashi mumkin, qabilidagi turli gap-so'zlarga chek qo'yildi.

Ixtiyor Karimovning klubda shu kunga qadar egallab turgan o'rniga – yani texnik direktorlik vazifasiga esa vaqtinchalik g'uzorliklar jamoasi murabbiylar guruhida ko'p yillardan buyon fidokorona mehnat qilib kelayotgan uslubchi mutaxassis Aleshnikov Viktor Giergievich taynlandi.

“SHo'rtan” PFK matbuot xizmati   

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика