So’nggi yangiliklar

08:00Sofascore. Жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолган Алиқулов кечаги учрашувда нечи баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:28Винисиусни қўлга киритиш учун саудияликлар "Реал"га дахшатли таклиф юборишга тайёр  3 01:27Туркия. Ҳусниддин Алиқулов гол уриб, жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди  3 01:15"Барселона" Гампер Кубогида йирик мағлубиятга учради  7 00:33"Ланс" ҳимоячисига "Ювентус" ва "Аталанта" қизиқиш билдирмоқда  0 23:55Миржалол Қосимов: "Натижадан қониқдим, аммо жамоам намойиш этган ўйин мени ҳурсанд қилмади. Очколарни кузда санаймиз"  12 23:52Жамшид Саидов: "Биргина хато қимматга тушди"   1 23:09Февзи Давлетов: "Биринчи бўлимда устунликка эришган бўлсак ҳам, тўп рақиб дарвозасига кирмади"   2 22:43Сергей Лушчан: "Рақибимиз ўйин давомида иккита зарба берди ва иккита гол урди. ОКМК бугун ҳақли равишда ғалаба қозонди"  13 22:40Гампер Кубоги. "Барселона" таркиби маълум  6 22:22"Сурхон" - "Қизилқум" 1:0  2 21:29ОКМК - "Навбаҳор" 2:1  3 21:27"Реал" Суперкубок учун қайдномани эълон қилди  6 21:05Суперлига. "Сурхон" кичик ҳисобда "Қизилқум"дан устун келди  15 21:05Суперлига. ОКМК сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Навбаҳор"ни мағлуб этди  115

Rasmiy xabar: Ilhom SHaripov - Dinamo bosh murabbiyi Yangiliklar

Rasmiy xabar: Ilhom SHaripov - Dinamo bosh murabbiyi

Yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko'rayotgan Dinamo jamoasi murabbiylar shtabida o'zgarish yuz berdi.

Samarqand viloyati futbol federaciyasi prezidenti taklifiga binoan, Dinamo klubi bosh murabbiyi etib Ilhom SHaripov tayinlandi. Dinamodagi futbolchilik faoliyati bilan samarqandlik muxlislar mehrini qozona olgan sobiq futbolchi O'zbekiston terma jamoasi safida 1994 yilgi Osiyo chempioni sanaladi. 48 yoshli mahalliy mutaxassis bungacha Paxtakor klubida selekcioner-murabbiy sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Klub rahbariyati tomonidan Ilhom SHaripov oldiga joriy mavsum yakunlariga ko'ra, jamoani Oliy Liga olib chiqish va keyingi yildan Samarqandda barqaror va kurashuvchan jamoani yaratish vazifasi yuklandi. SHaripov klubda bosh menejer sifatida ham faoliyat yuritib, jamoada mahalliy yosh futbolchilar etishib chiqishiga alohida etibor berishi tayinlandi. Murabbiylar shtabida unga yana ikki mahalliy yosh mutaxassis Uchqun Qobilov va Rafael Balasanyanlar yordam berishadi.

Futbolchi sifatida bir qator yutuqlarga erishib, yurtimiz futbolida o'z o'rniga ega bo'lgan Ilhom SHaripovga boshlayotgan murabbiylik faoliyatida ham omad va zafarlar tilab, nafaqat Samarqand, balki o'zbek futboli rivoji uchun ham xizmat qilishini tilab qolamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика