PSJ ukrainalik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi, ammo...
03 iyu 22:07
Yangiliklar


PSJ ukrainalik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi, ammo...
PSJ "Bornmut"ning ukrainalik himoyachisi Ilya Zabarniy bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Dushanba kuni parijliklarning sport masalalari bo'yicha maslahatchisi Luish Kampush Ilya Zabarniy transferi bo'yicha taklif berish maqsadida Angliyaga yo'l olgan.
22 yoshli futbolchi Chempionlar ligasi g'oliblari safiga o'tish istagida va bunga rozilik bergan, ammo "Bornmut" rahbariyati uni sotmoqchi emas.
Zabarniy bu mavsumda APLda 36ta o'yinda maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar