Rasmiy xabar: Benites Mersisaydga qaytdi
30 iyu 2021 19:45
Yangiliklar
Rasmiy xabar: Benites Mersisaydga qaytdi
Ispaniyalik Rafael Benites APLga qaytdi va “Everton” bosh murabbiyiga aylandi.
Mersisaydliklar 61 yoshli mutaxassis bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Benitesning oxirgi ish joyi Xitoyning “Dalyan Pro” jamoasi bo'lgan va u pandemiya tufayli yanvarda klubdan ketgandi.
Rafa Angliyada “Nyukasl”, “CHelsi” va “Liverpul”da ishlagan. U “qizillar” bilan ECHL, Angliya Kubogi va Superkubogi hamda UEFA Superkubogida zafar quchgan edi.
O’xshash yangiliklar
23:22
APL. "Arsenal" o'z maydonida "Manchester Siti"ga 5ta gol urdi, Abduqodir Husanov maydonga tushmadi 234
Fikrlar