Rasmiy xabar. "Andijon" uch nafar legioner bilan qarzdorlikni ijobiy hal qildi
08 jan 2021 18:35
Yangiliklar


Rasmiy xabar. "Andijon" uch nafar legioner bilan qarzdorlikni ijobiy hal qildi
Bilasiz, "Andijon" jamoasiga qarzdorliklar uchun O'zPFL tomonidan transfer taqiqi qo'yilgan edi. Klub rahbariyati bugun uch qarzdorlikni ijobiy hal etdi.
2019 yilgi mavsumda "Andijon"da to'p tepgan ukrainalik darvozabon Vitaliy Mirniydan klub 14.000$ miqdorida qarzdorlik bor edi. Bugun klub rahbariyati ko'rsatilgan summaning barchasini Mirniyga to'lab berdi va futbolchi bilan klub orasida hech qanday muammo qolmadi.
O'tgan mavsumda to'p tepgan futbolchilar Dmitro Zozulya va Artyom Litvyakovlardan ham qarzdorliklar ijobiy tomonga hal qilindi. Klub rahbariyati ushbu futbolchilarga 8.000$ dan to'lab, ularning masalasiga nuqta qo'ydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar