Rasmiy xabar: Andijon rossiyalik futbolchi bilan shartnoma tuzdi
23 fev 2024 17:14
Yangiliklar


Rasmiy xabar: Andijon rossiyalik futbolchi bilan shartnoma tuzdi
Boisi, futbolchi va klub o'rtasida 3 yillik shartnoma imzolandi.
Malumot uchun, Luka Zgurskiy 2005 yilning 5 dekabr kuni tavallud topgan. U 10 yoshgacha «Svestopol» futbol maktabida shug'ullangan. Keyinchalik esa CSKA klubi akademiyasiga o'tgan. Luka 2021-2022 yilgi yoshlar ligasi chempionatida 24 ta o'yinda 18 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
SHuningdek, 2022-2023 yilgi mavsumda 22 ta o'yinda raqiblar darvozasini 16 bor ishg'ol qilgan va 4 marta golga assist vazifasini bajargan. 2022 yilda esa Luka Zgurskiy CSKA akademiyasining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
Luka Rossiya U-21 terma jamoasi azosi sanaladi. Etiborlisi, futbolchi terma jamoadagi debyutini 2023 yilning sentyabr oyida Buxoroda O'zbekiston yoshlar terma jamoasiga qarshi uchrashuvda o'tkazgan.
Luka, «Andijon»ning ahil oilasiga xush kelibsan!, - deb yozadi «Andijon» matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar