Rasman: Vudgeyt - "Middlsbro" bosh murabbiyi
14 iyu 2019 15:29
Yangiliklar


Rasman: Vudgeyt - "Middlsbro" bosh murabbiyi
Jonatan Vudgeyt "Middlsbro"da Toni Pyulisning o'rnini egalladi.
"Lids" afsonasi Jonatan Vudgeyt "Middlsbro" bosh murabbiyi etib tayinlandi. 39 yoshli Vudgeyt klub bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekdi. U CHempionshipdan APLga chiqish uchun bo'lgan kurashdagi muvaffaqiyatsizliklardan so'ng ishdan ketgan Toni Pyulisni almashtirdi.
SHuningdek, Robbi Kin ham Vudgeytning shtabidan joy oldi.
Vudgeyt o'z vaqtida "Lids", "Nyukasl", "Real", "Tottenxem", "Middlsbro", "Stok Siti" va Angliya terma jamoasida harakat qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar