Rasman: Vladimir Kozak - "Paxtakor" futbolchisi
31 iyu 2021 19:32
Yangiliklar
"Joriy mavsum jamoamizga "Paxtakor"dan erkin agent sifatida kelib qo'shilgan yarim himoyachi Vladimir Kozak endilikda yana sobiq klubiga qaytdi.
AGMK safida yarim mavsumda 3 o'yinda maydonga tushgan Kozak "Paxtakor"ga transfer qilindi.
Jamoamiz nomidan Vladimir Kozakning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz", – deyiladi Olmaliq klubi matbuot xizmati xabarida.
Oldinroq Kozakning Toshkent jamoasiga qaytgani xaqida xabar bergan edik. Oradan ko'p o'tmay, bu o'z tasdig'ini topdi.
Fikrlar