Rasman: "Vest Xem" rekord darajadagi transferga qo'l urdi
17 iyu 2019 17:50
Yangiliklar


Rasman: "Vest Xem" rekord darajadagi transferga qo'l urdi
Hujumchi Sebasten Aller "Ayntraxt"dan "Vest Xem" klubiga o'tdi.
Londonliklar transfer klub uchun rekord darajada bo'lganligini tasdiqlashdi.
Oldinroq, ingliz klubi 25 yoshli forvard uchun 50 million funt to'lashi xabar qilingan edi.
Franciyalik futbolchi klub bilan 5 mavsumlik shartnomaga imzo chekdi. Bu muddat yana bir yilga uzaytirilishi ham mumkin.
O'yinchi yiliga 7 million evro maosh oladi.
Aller yakunlangan mavsum "Ayntraxt" safida 40ta o'yinda maydonga tushib, 20ta gol va 13ta assistga erishgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar