Rasman: Tuxel “CHelsi” himoyachisi jamoani tark etishini aytdi
25 apr 2022 09:45
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/697247_original.jpg)
![](/upload/storage/697247_220.jpg)
Rasman: Tuxel “CHelsi” himoyachisi jamoani tark etishini aytdi
“CHelsi” ustozi Tomas Tuxel jamoa azosi Antonio Ryudiger klubni tark etayotganini tasdiqladi.
“U ketishni xohlaydi, vaziyat shunday. U bu haqda menga o'zaro suhbatimizda aytib berdi.
Men ham, klub ham hamma narsani qilib ko'rdik, ammo sankciyalar sabab u uchun kurashni davom ettirolmadik. Qo'llarimiz bog'langan. Bu uning shaxsiy qarori deb hisoblamaymiz.
U bizning futbolchimiz va mavsum yakuniga qadar shunday bo'lib qoladi ham. Biroq, holat hafsalani pir qiladi. Uni juda sog'inamiz. U jamoadoshlarini kuchliroq qiladi, ularga 50-55 o'yinni qoyilmaqom darajada o'tkazish uchun iroda bera oladi.
Men uchun esa u oxirgi 1,5 yil ichidagi eng yaxshi himoyachilarimdan biridir. Yangi echim izlashimiz lozim”, deydi nemis mutaxassisi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar