Rasman: "Tottenxem" Solomon transferini elon qildi
11 iyu 2023 17:30
Yangiliklar
Rasman: "Tottenxem" Solomon transferini elon qildi
"Tottenxem" klubi "Fulxem" sobiq vingeri Manor Solomon bilan shartnoma imzoladi.
"SHaxtyor" azosi Solomon o'tgan mavsumni ijara asosida "Fulxem"da o'tkazib, barcha musobaqalarda 24 ta o'yinda 5 ta gol urgandi.
Manor ushbu yozda FIFAning maxsus qaroridan foydalanib, "SHaxtyor" bilan shartnomasini bekor qildi va erkin agentga aylandi.
SHu tariqa, Solomon London klubi bilan 2028 yilgacha shartnoma imzolab, "Tottenxem"ga tekinga yo'l oldi.
23 yoshli isroillik futbolchi Ange Postekogluning ushbu transfer oynasida Jeyms Meddison va Gulelmo Vikariodan keyin uchinchi futbolchi bo'ldi. SHuningdek, "shporlar" 18 oylik ijaradan so'ng Deyan Kulusevskini xarid qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar