Rasman: "Tottenxem" Nunu Eshpiritu Santuni istefoga chiqardi
01 noy 2021 15:10
Yangiliklar
Rasman: "Tottenxem" Nunu Eshpiritu Santuni istefoga chiqardi
Nunu Eshpiritu Santu "Tottenxem" bosh murabbiyligidan istefoga chiqarildi.
47 yoshli portugaliyalik bilan birga London klubini uning butun murabbiylar shtabi ham tark etadi.
"SHporlar" Angliya chempionatidagi 10 turda 15 ochko jamg'argan holda 8-o'rinda borishmoqda. Jamoa barcha musobaqalardagi so'nggi 4ta o'yinda 3ta mag'lubiyatga uchradi - APLda esa so'nggi 7 bahsda 5 mag'lubiyat.
Oldinroq "Vulverxempton"da ishlagan Nunu 2021 yilning iyunida "Tottenxem"ni qabul qilib olgan edi.
"SHporlar"ni boshqarishi mumkin bo'lganlar orasida uning vatandoshlari Serjiu Konseysau ("Portu") yoki Paulu Foseka (klubsiz), shuningdek "Inter" sobiq murabbiyi Antonio Konte tilga olinmoqda.
Fikrlar