Rasman: Eshpiritu Santu - "Nottingem Forest" bosh murabbiyi

Omonjon To`xtamirzayev
20 dek 2023
"Nottingem Forest" Nunu Eshpiritu Santu jamoa bosh murabbiyi lavozimini egallaganini e'lon qildi.

Klub 49 yoshli mutaxassis bilan 2026 yil yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Avvalroq, portugaliyalik APLda ishlagandi. U "Vulverxempton" va "Tottenxem" jamoalarini boshqargan. Uning so'nggi ish joyi Saudiya Arabistonining "Al Ittixod" klubi hisoblanadi (2022 yil iyulidan - 2023 yil noyabrigacha).


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: nottinghamforest.co.uk