Rasman: Sunnatilla Poyonov "Surxon" futbolchisiga aylandi
03 jan 16:10
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/811142_original.jpg)
![](/upload/storage/811142_220.jpg)
Rasman: Sunnatilla Poyonov "Surxon" futbolchisiga aylandi
"Endi asosiy tarkibimizda raqobat yanada kuchaymoqda. Jamoamiz safiga iqtidorli qanot himoyachisi Sunatillo Poyonov qo'shildi. 20 yoshli futbolchi o'tgan mavsum ijara asosida "Qo'qon-1912" jamoasida o'ynab, Superliga yo'llanmasini olishda katta hissa qo'shdi. SHuningdek, 2024 yilda aynan uning goli "Qo'qon-1912"da yilning eng chiroyli goli deb topildi.
Sunnatilla Poyonov
Tug'ilgan sanasi: 2004 yil 16 iyun
Ampluasi: chap qanot himoyachisi
O'ynagan klublari: "Paxtakor", "Qo'qon-1912"
Malumot uchun, Poyonov o'tgan mavsumning birinchi qismida "Paxtakor" safida 3 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Ikkinchi davrani esa "Qo'qon-1912" jamoasi safida ijarada o'tkazgan va Pro ligada 13 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.
Avvalroq Termiz jamoasi "Paxtakor" chap qanot himoyachisi Sunnatilla Poyonovni qo'lga kiritayotgani haqida xabar bergan edik.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar