Rasman: "Speciya"ga yangi murabbiy tayinlandi
23 fev 2023 16:08
Yangiliklar


Rasman: "Speciya"ga yangi murabbiy tayinlandi
Leonardo Semplichi "Speciya" bosh murabbiyi etib tayinlandi.
55 yoshli mutaxassis bilan joriy mavsum oxirigacha shartnoma imzolangan bo'lib, agar jamoa A Seriyadan tushib ketmasa, u avtomatik ravishda 2025 yilning 30 iyuniga qadar uzaytiriladi.
Alohida aytish joiz, Semplichi murabbiylikda yaqinda ishdan bo'shatilgan Luka Gotti o'rnini egalladi.
Italiya chempionatining 23-turidan keyin "Speciya" 19 ochko jamg'argan holda 17-o'rinda bormoqda. SHomurodov jamoasining eng yaqin taqibchisi "Verona"da esa 17 ochko bor.
O’xshash yangiliklar
15:39
"Nasaf" alamli tarzda mag'lubiyatga uchragan muhtasham "Qirol Abdulloh" stadionidan GALEREYA 12
07:55
"Al Ahli" bosh murabbiyi: Birinchi bo'limda yaxshi o'ynashimizga to'sqinlik qilgan sabablar ko'p" 16

Fikrlar