"Al Ahli" bosh murabbiyi: Birinchi bo'limda yaxshi o'ynashimizga to'sqinlik qilgan sabablar ko'p"
16 sen 07:55
Yangiliklar


"Al Ahli" bosh murabbiyi: Birinchi bo'limda yaxshi o'ynashimizga to'sqinlik qilgan sabablar ko'p"
"Juda qiyin o'yin bo'ldi. Chunki birinchi bo'limda biz maydonda emas edik. Ikki marta biz hech qanday sababsiz, shunchaki o'z xatolarimiz tufayli gol o'tkazib yubordik. Shuning uchun, tanaffusda ikkinchi bo'lim uchun boshqacha o'yin ko'rsatishimizni aytdim.
45 daqiqa davomida bazi kichik o'zgarishlar kiritdik va keyin jamoaning yana qanday birlashib, harakat qilayotganini ko'rish juda ajoyib bo'ldi. Buni stadionda muxlislar bilan birga his qildik. Aytishim kerak, bu menga juda yoqdi. Ikkinchi bo'limda namoyish etgan o'yinimiz bilan g'alaba qozonishga to'liq haqli edik",- dedi bosh murabbiy.
Enzo Miyo: Birinchi bo'lim biz uchun qiyin o'tdi, ammo tanaffusda kiyim almashtirish xonasida ko'p gaplashdik. Maydonga boshqacha fikr bilan qaytishimiz, jarima maydoniga ko'proq hujum qilishimiz, ko'proq yugurishimiz va sifatliroq o'ynashimiz kerakligini kelishib oldik. Maydonda esa buni uddalay oldik va g'alaba qozondik.
Birinchi bo'limda o'yinimizda ritmni topa olmaganimizning sabablari ko'p. Biz aytib o'tganimizdek, raqib shunday himoyalanayotganda o'yinda to'p tezligi yuqori bo'lishi, bir tomondan ikkinchisiga tez o'tishi kerak. Bundan tashqari, raqibning so'nggi chizig'ini yorib o'tish kerak edi. Ikkinchi bo'limda bu ancha yaxshilandi va muxlislar bilan birgalikda haqiqiy kuchli o'yin ko'rsatdik, bu esa o'z natijasini berdi.
Jamoaning birinchi bo'limda yomon o'ynashiga nima sabab bo'ldi?
Birinchi bo'limda yaxshi o'ynashimizga to'sqinlik qilgan sabablar ko'p. Biz tez o'ynash va to'pni bir tomondan ikkinchi tomonga o'tkazish muhimligini bilardik, ammo buni uddalay olmadik. Bu biz uchun juda muhim saboq bo'ldi.
Bizda yaxshi jamoa bor. O'yinlardan tegishli xulosalar chiqarishimiz kerak. Ishonchim komilki, keyingi o'yinlarda bundan-da yaxshiroq o'ynaymiz.
Albatta, murabbiy sifatida doimo keng ko'lamda fikrlashimiz lozim. Har bir o'yinda g'alaba qozonishni xohlaymiz, bu tabiiy. Afsuski, bizda jarohat olgan o'yinchilar bor, shuning uchun bugun hech kimni tavakkal ostiga qo'yishni istamadim. Keyingi haftada ikkita juda muhim o'yin bo'lib o'tadi. Umid qilamanki asosiy tarkib futbolchilari tezroq tiklanib safga qaytib olishadi,- dedi murabbiy.
Enzo Miyo: Men bu klubda, barcha jamoadoshlarim bilan o'zimni juda baxtli his qilaman. Umid qilamanki bu mavsum ham klub uchun omadli kechadi.
Men bu jamoada o'zimni juda baxtli his qilaman va jamoadoshlarimning qo'llab-quvvatlashini sezaman. Bu mening maydondagi harakatlarimga ijobiy tasir o'tkazmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Demak MURABBIY ga juda ko'p narsa bog'liq ekan.
Ha aytgancha, "Al Ahli" klubining murabbiyi yoki futbolchilari kuchli bo'lgani yoki ikkinchi taymda katta o'zgartirish kiritgani uchun emas, "Nasaf" murabbiyi juda juda katta xatoga yo'l qo'ygani uchun shunday hisob bo'lgan. Ya'ni "Al Ahli" murabbiyi ham aslida kuchli murabbiy emas ekan.