So’nggi yangiliklar

21:40БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" ўз уйида "Хорфаккан"ни мағлуб этди, Ғаниевдан иккита ассист  0 20:57"Бавария" "Манчестер Юнайтед"нинг икки футболчисини нишонга олди  1 20:23Рабьога "Наполи", "Милан" ва турк клублари қизиқиш билдирмоқда  0 19:50ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда ғалабага эришди, Раҳмоналиев кетма-кет бешинчи ўйинда захирада қолдирилди  5 19:27"Фулхэм" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  25 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  3 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  12 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  1 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  1 12:51Диего Симеоне: "Атлетико" ўз принципларини ўзгартирмайди"  1 12:30Мурод Бобожонов: "Сўнгги тўрт ўйинда уч гол? Бундан ҳам яхшироғига ҳаракат қиламан"  1

Rasman: SHerzod Esanov "Andijon"dan RPL klubiga o'tdi Yangiliklar

Rasman: SHerzod Esanov "Andijon"dan RPL klubiga o'tdi

"Andijon" yarim himoyachisi SHerzod Esanov faoliyatini RPLning "Akron" jamoasida davom ettiradi.

"Transfer oynasi ochilgan mahalda selekciya ishlari yanada jiddiy tus olgan.  Malumki, «Andijon» tarkibida ko'plab iqtidorli, kelajagi porloq futbolchilar talaygina. Ular jamoamiz safida to'p surish orqali o'zlarini ko'rsatishmoqda va ko'plab skautlarning etiborini tortmoqda.

Qolaversa, jamoamizda transfer siyosati to'g'ri yo'nalishda olib borilayotgani o'z samarasini bermoqda. 

Jumladan, 21 yoshli yarim himoyachimiz, yoshlar terma jamoasi azosi SHerzod Esanovga Rossiyaning «Akron» jamoasidan jiddiy taklif tushdi. Natijada ikkala klub tomonidan olib borilgan muzokaralardan so'ng Esanov «Akron» jamoasiga transfer qilindi.

SHuni alohida takidlash joizki, «Andijon» klubidan ilk bor Rossiya premer-ligasiga o'yinchi transfer qilinishi hamda shu yilning o'zida jamoamizdan ikkinchi futbolchining (birinchi trasnfer Rubin Xebay) xorij klubiga sotilishi amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning mahsulidir.

SHerzod «Andijon» safiga 2022 yili qishda qo'shilgan bo'lib, qisqa fursat ichida o'z iqtidorini namoyish qila oldi. O'sha yilgi mavsumda Esanov «Andijon» safida chempionat va Kubok bahslarida hammasi bo'lib, 18 ta o'yinda maydonga tushib 3 ta gol urdi. O'tgan yilgi mavsumni ham jamoamiz bilan birga boshladi va 5 ta o'yinda qatnashdi. Ikkinchi davrada esa «Olimpik» klubiga ijaraga berildi. Joriy mavsum avvalida Esanov yana «Andijon»ga qaytdi. Mavsumning birinchi qismida u chempionat va Kubokda hammasi bo'lib 15 ta bellashuvda ishtirok etib, 2 ta gol muallifiga aylandi hamda muxlislarning mehrini qozondi.

SHerzod bugun kechki payt Toshkent-Moskva yo'nalishida jo'nab ketdi. Faoliyatida ilk bor legionerga aylangan futbolchimizni yangi jamoasida katta qiziqish bilan kutishmoqda.

Uning yangi klubi Tolyattining «Akron» klubi ilk bor Rossiya premer-ligasida ishtirok etmoqda. Esanovga «Andijon»dagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiramiz va unga yangi klubida muvaffaqiyat tilaymiz", — deyiladi andijonliklar xabarida.


⚡️SHerzod Esanov tez orada Rossiya klubiga transfer qilinadi

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика