Rasman: Serj Ore - "Vilyarreal" futbolchisi
04 okt 2021 23:49
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/661974_original.jpg)
![](/upload/storage/661974_220.jpg)
Rasman: Serj Ore - "Vilyarreal" futbolchisi
Ivuarlik himoyachi Serj Ore faoliyatini "Vilyarreal"da davom ettiradi.
Futbolchi erkin agent maqomida bo'lib turgandi. Tomonlar 2022 yilning yozigacha mo'ljallangan shartnomani imzoladi. Uni yana 2 yilga uzaytirish mumkin bo'ladi.
28 yoshli Ore bunga qadar "Tottenxem", PSJ, "Tuluza" va "Lans" kabi jamoalar tarkibida ham harakat qilgan. Kot-d'Ivuar termasida esa u 69 o'yinda 3 gol urgan.
Serj Franciyaning ikki karra chempioni, shuningdek, uch martadan mamlakat kubogi, liga kubogi va superkubogini qo'lga kiritgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar