So’nggi yangiliklar

15:17Рафаэль Надаль: "Жотанинг оиласига ҳамдардман"  0 14:56"Қизилқум" Ғузорда "Шўртан"дан устун келган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:38Уильямс трансферига нуқта қўйилди – футболчи "Атлетик"да қолади  1 14:09Халқаро турнир. Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Кореяга мағлуб бўлди  6 13:55"Арсенал" Жотанинг вафоти муносабати билан ҳамдардлик билдирди  0 13:31Буюк Британия бош вазири Диогу Жотанинг ўлими ҳақида фикр билдирди  0 13:04Озарбайжон президенти: "Ўзбекистон термасининг ЖЧга чиққани тасодиф эмас"  3 12:37"Футбол олами". "Динамо" яна ўз уйида ютқазди, "Навбаҳор" ва "Пахтакор" Кубокда чорак финалга чиқди  0 12:29Расман: Сардор Раҳмонов – "Сўғдиёна" футболчиси!   6 12:13Расман: Жасур Жалолиддинов — "Сўғдиёна" футболчиси  20 12:01"Нефтчи" ёзги трансферлар ойнасидаги илк юришини амалга оширди   11 11:15Факт: "Қўқон-1912" Жиззахда ҳали ғалаба қозонмаган   0 10:50Нико Уильямснинг “Барселона“га трансфери барбод бўлишга яқин  26 10:21МЮ “Интер“ футболчисини 40 миллион еврога сотиб олиши мумкин  4 09:53“Барселона“ футболчиси “Челси“га ўтиши мумкин  5

Rasman: Sanjar SHoahmedov AGMKga qaytdi Yangiliklar

Rasman: Sanjar SHoahmedov AGMKga qaytdi

O'tgan mavsumni Malayziyaning "Terengganu" klubi safida o'tkazgan Sanjar SHoahmedov Olmaliqning AGMK jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

Klub Sanjar SHoahmedov bilan 2021 yil yakuniga qadar shartnoma imzoladi.

Eshitdik-da! Sanjar SHoahmedov Superliga klubiga o'tmoqda

Sanjar SHoahmedov 1990 yil 23 sentyabrda tavallud topgan. 2010-2014 yillar davomida AGMK sharafini himoya qilgan hamda 2015-2016 va 2017-2018 yillar mobaynida Toshkentning "Lokomotiv" jamoasida o'ynab, klubning muvaffaqiyatli mavsumlarida chempionlikni qo'lga kiritilishida katta hissa qo'shgan. 2017 yilda esa Qatarda "Al Sayliya" sharafini himoya qilgan hamda 2019 yildan etiboran ikki mavsum Malayziyada "Terengganu" safida etakchiga aylanib, muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan.

Sanjar SHoahmedov 10 yillik faoliyati davomida jami 283 o'yin o'tkazgan va 65ta golga mualliflik qilgan.

"AGMK ahil oilasiga qaytishing omadli chiqsin, Sanjar!", - deyiladi olmaliqliklar xabarida.

Sanjar SHoahmedov: "Jonajon jamoamga qaytganimdan xursandman. AGMK tubdan o'zgargan va katta maqsadli jamoaga aylangani quvonarli. Yaxshi muhit va chinakam bir oilaga aylangan jamoada ekanligimdan baxtiyorman. Maqsadlar ulkan va endi yana sevimli muxlislarimiz ishonchini oqlashga harakat qilaman. Menga ishonch bildirayotgan jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va klub rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. O'ylaymanki, AGMK yangi mavsumda yanada muvaffaqiyatli o'ynab, Olmaliq shahriga katta quvonch taqdim etadi".

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика