Rasman: Roys 4 oylik tanaffusdan so'ng jamoaviy mashg'ulotlarga qaytdi
10 iyu 2020 19:30
Yangiliklar


Rasman: Roys 4 oylik tanaffusdan so'ng jamoaviy mashg'ulotlarga qaytdi
“Borussiya D” forvardi Marko Roys safga qaytishga yaqin turibdi.
Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, 31 yoshli futbolchi jamoa bilan birga tayyorgarlik olib bormoqda. Germaniyalik son mushaklarini jarohatlab olgani tufayli fevral oyidan buyon tiklanish jarayonlarini olib borayotgan edi. Avvalroq, uning mavsumni o'tkazib yuborish ehtimoli borligi ham aytilgandi.
Roys “arilar” tarkibidagi 8 mavsumi davomida 981 kunni lazaretda o'tkazishga majbur bo'lgan. U joriy mavsum Bundesligada 19 o'yin o'tkazdi va 11+5 natija ko'rsatdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar