So’nggi yangiliklar

10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  6 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  2 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  4 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  3 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  4 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  10 07:30Эрон ОАВ. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  12 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  25 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  13 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4

Marko Kolakovich: "Final haqida o'ylashga hali juda erta" Yangiliklar

Marko Kolakovich: "Final haqida o'ylashga hali juda erta"

"Buxoro" himoyachisi Marko Kolakovich "So'g'diyona" bilan kechgan O'zbekiston Kubogi (3:2) yarim finalidan so'ng fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida

- Muxlislarimizga ajoyib muhit va bizga ko'rsatgan qo'llab-quvvatlashlari uchun minnatdorlik bildirmoqchiman va futbol Buxoroga qaytganidan xursandman. Buxoro shahri va klubdagi barchani g'alaba, final va klub tarixiga kirgani bilan tabriklayman. Shuningdek, sobiq murabbiyimiz Ulug'bek Bakaev va uning yordamchilariga rahmat aytmoqchiman – bu barchamizning g'alaba. O'yinga kelsak, menimcha, qiziqarli bo'ldi, juda yaxshi o'ynadik va haqli ravishda g'alaba qozondik. Bu o'yinni unutib, "Mashal" bilan o'yinga etibor qaratamiz.

- "Buxoro" ikkinchi bo'limda natijani saqlab qolishga urindimi?

- Ikki xil taym bo'lganiga qo'shilaman. Birinchi bo'limda himoyada ham, hujumda ham taktik jihatdan juda yaxshi o'ynadik, buni natijadan ham bilsa bo'ladi. Ikkinchi bo'limga kelsak, natijani saqlab qoldik deya olmayman, o'yinni ertaroq yakunlash uchun yaxshi imkoniyatlarga ega bo'ldik, ulardan foydalana olmadik va raqib bizni jazoladi. Quvonarlisi, ikkinchi goldan keyin taslim bo'lmadik. Garchi bu biz uchun juda qiyin bo'lsa-da, diqqatimizni jamladik va o'yin oxirida super gol urdik.

- Finalda raqib "Paxtakor" ekanligiga munosabatingiz?

- "Paxtakor" bilan final masalasiga kelsak, bu haqda gapirishga hali erta. Finalgacha ular bilan chempionat o'yinimiz bor. Hozirdan final haqida o'ylash noto'g'ri, chunki finalgacha chempionatda juda qiyin o'yinlarimiz bor.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика