Rasman: Remsining "Arsenal"dagi faoliyati yakunlandi
01 may 2019 20:11
Yangiliklar


Rasman: Remsining "Arsenal"dagi faoliyati yakunlandi
"Arsenal" yarim himoyachisi Aaron Remsining jarohati jiddiy bo'lib chiqdi.
Xabaringiz bor, Remsi kelasi mavsumni "Yuventus" jamoasida boshlaydi. 28 yoshli uelslik mavsum oxirida "Arsenal" klubi bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etadi va turinliklar tarkibiga erkin agent sifatida borib qo'shiladi.
Uning 18 aprel kuni "Napoli"ga qarshi bahsda olgan jarohati kutilganidan jiddiy bo'lib chiqdi va mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi.
Qayd etish kerak, Remsi 2008 yilda 4.8 million evro evaziga "Kardiff"dan "kanonirlar" safiga kelib qo'shilgan. 11 yil davomida "Arsenal" sharafini himoya qilgan Aaron 369 o'yinda 64 ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar