Rasman: Milik "Marsel"ga o'tdi
22 jan 2021 10:15
Yangiliklar
Jamoalar keyinchalik futbolchini 13 million evro evaziga sotib olish huquqi bilan uni 1 yilga ijaraga berish va olish borasida kelishuvga erishishdi, shuningdek polshalik o'yinchining keyingi transferidan 20% ulush neaolliklar hisobiga o'tkazib beriladi.
Milik joriy mavsum "Napoli" tarkibida o'ynamadi, bunga esa klub bilan shartnoma borasidagi muammolari sabab bo'ldi.
Hujumchi "Marsel"da 19-raqam ostida harakat qiladi. U payshanba kuni tibbiy ko'rikdan o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar