Rasman: "Milan" "Vilyarreal"dan CHukvuezeni sotib olganini elon qildi
28 iyu 2023 12:40
Yangiliklar


Rasman: "Milan" "Vilyarreal"dan CHukvuezeni sotib olganini elon qildi
"Milan" matubot xizmati "Vilyarreal" futbolchisi Samuel CHukvueze transferini rasman elon qildi.
24 yoshli nigeriyalikning "Sariq suvosti kemasi" bilan bitimi 2024 yilgacha mo'ljallangandi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 25 mln evroga baholamoqda.
Futbolchi milanliklar bilan 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi. "Milan" nigeriyalik futbolchi transferi uchun 20 mln evro (+8 mln bonuslar) to'laydi.
Eslatib o'tamiz, CHukvueze 2022/23 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar