Rasman: “Milan” futbolchisi RPL klubiga o'tdi
22 iyu 2021 20:35
Yangiliklar
Rasman: “Milan” futbolchisi RPL klubiga o'tdi
“Rossonerilar” himoyachisi Diego Laksalt faoliyatini RPLda davom ettiradi.
28 yoshli urugvaylik “Dinamo” (Moskva) bilan 3+1 ko'rinishida shartnoma imzoladi.
Avvalroq, u moskvaliklar safida yiliga 2,5 mln evro ishlab topishi xabar qilingandi. “Milan” esa futbolchining transferidan 3,5 mln evro ishlab oldi.
Laksalt o'tgan mavsumni ijara asosida “Seltik”da o'tkazdi. U SHotlandiya chempionatida 17 o'yinda qatnashib, bitta gol urishga erishdi.
Fikrlar