Rasman: Messi dikvalifikaciya qilindi
19 jan 2021 19:15
Yangiliklar


Rasman: Messi dikvalifikaciya qilindi
“Barselona” forvardi Lionel Messi Ispaniya Superkubogi finali doirasida “Atletik”ga (2:3) qarshi o'tgan bahsda to'g'ridan-to'g'ri qizil olgandi.
U raqib futbolchisi Aser Vilyalibrening boshiga qo'li bilan zarba bergandi.
Musobaqani tashkil etish qo'mitasi Messini ushbu harakati uchun 2 o'yinga diskvalifikaciya qildi. Argentinalik Ispaniya Kubogi 1/16 bosqichi doirasida “Kornelya” qarshi o'tadigan 21 yanvar kungi bahsni, shuningdek, La Liga 19-turidan o'rin olgan 24 yanvardagi “Elche” bilan uchrashuvni o'tkazib yuboradi.
Malumot o'rnida, Leo klubdagi faoliyatida ilk bor qizil kartochka oldi. Bu voqea u maydonga tushgan 753-o'yinda yuz berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar