Rasman: "Manchester Yunayted" Marsyalni "Sevilya"ga mavsum oxirigacha ijaraga berdi
26 jan 2022 06:12
Yangiliklar


Rasman: "Manchester Yunayted" Marsyalni "Sevilya"ga mavsum oxirigacha ijaraga berdi
"Sevilya" "Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsyal bilan shartnoma imzolaganini elon qildi.
26 yoshli franciyalik futbolchi joriy mavsum oxirigacha ispan jamoasiga ijara asosida o'tdi.
Avval xabar qilinganidek, kelishuv Andalusiya klubiga 5 million evroga tushgan.
Marsyal "Sevilya"da 22-raqamda o'ynaydi. Futbolchining taqdimoti 26 yanvar kuni bo'lib o'tadi.
Hujumchi joriy mavsumda Premer-ligada 8 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar