Ryudiger 2026 yilgacha "Real"da qolib, so'ngra Saudiya Arabistoniga yo'l olmoqchi
09 mar 12:58
Yangiliklar


Ryudiger 2026 yilgacha "Real"da qolib, so'ngra Saudiya Arabistoniga yo'l olmoqchi
Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger klubda 2026 yilning yozigacha qolmoqchi, aynan o'sha paytda uning shartnoma muddati yakunlanadi.
32 yoshli futbolchiga Saudiya Arabistoni klublari katta qiziqish bildirmoqda. Futbolchining o'zi ham faoliyatining qolgan qismini Saudiya Arabistoni chempionatida o'tkazmoqchi, ammo faqatgina "Real" bilan shartnomasi yakunlanganidan keyin.
Ryudiger "qaymoqranglilar" safida qolishni istaydi, chunki u yanada ko'proq sovrinlar yutishni xohlaydi. Bundan tashqari, germaniyalik futbolchi kiyim almashtirish xonasida etakchi hisoblanadi va muxlislarning hurmatiga sazovor bo'lgan.
Himoyachi "qirollik klubi" safiga 2022 yilning yozida kelib qo'shilgandi. Antonio bu paytda barcha turnirlarda 141 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt futbolchini 24 mln evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
17:20
Saudiya Arabistonida spirtli ichimliklar: 2034 yilgi JCHda sayyohlar uchun istisno bo'lishi mumkin 10

Fikrlar