Rasman: “Lester” Avstriya chempionatida o'tgan mavsum porlagan forvardni sotib oldi
30 iyu 2021 20:01
Yangiliklar
Rasman: “Lester” Avstriya chempionatida o'tgan mavsum porlagan forvardni sotib oldi
“Zalcburg” hujumchisi Patson Daka faoliyatini APLda davom ettiradi.
“Lester” zambiyalik bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Transfer esa 30 mln evro evaziga amalga oshdi.
22 yoshli forvard o'tgan mavsum klub libosida 42 o'yinda qatnashib, 34+12 natijaga erishdi. SHuningdek, u Avstriya chempionati to'purariga ham aylanib, mavsum futbolchisi nomiga munosib ko'rilgandi.
Fikrlar