Rasman: Jordan Ayyu London klubiga o'tdi
25 iyu 2019 14:42
Yangiliklar


Rasman: Jordan Ayyu London klubiga o'tdi
Hujumchi Jordan Ayyu "Kristal Pelas" futbolchisiga aylandi.
U ingliz klubi bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekdi.
Hujumchi yakunlangan mavsumni ijara asosida aynan "Kristal Pelas"da o'tkazdi va 20 ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
Ayyu "Marsel" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o'z vaqtida "Sosho", "Loryan" va "Aston Villa" klublarida to'p surgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar