Rasman: Gvardiol keyingi yozda "Leypcig" safiga qo'shiladi
28 sen 2020 21:57
Yangiliklar


Rasman: Gvardiol keyingi yozda "Leypcig" safiga qo'shiladi
U uchun turli bonuslar va 16 million evro to'lanadi. Bu haqda "Leypcig" rasmiy sayti xabar berdi.
Xorvatiyalik yosh himoyachi Yoshko Gvardiol kelasi yozda "RB Leypcig"da to'p tepadi.
Nemis klubi 18 yoshli futbolchining transferini Zagrebning "Dinamo"si bilan kelishib oldi, futbolchi ushbu mavsumni Xorvatiyada o'tkazadi.
U 2021 yil 1 iyulda "Leypcig" safiga qo'shiladi. Uning shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi.
Kicker malumotlariga ko'ra, nemislar Gvardiol uchun 16 million evro to'lashadi. SHuningdek, shartnomaga turli bonuslar ham kiritilgan.
Oldinroq himoyachi 20 million evro evaziga "Lids"ga o'tishga yaqin turgani haqida xabar berilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar