Rasman: Franciyada mavsum yakunlandi va mamlakat chempioni elon qilindi
30 apr 2020 21:25
Yangiliklar


Rasman: Franciyada mavsum yakunlandi va mamlakat chempioni elon qilindi
Liga 1 rahbariyati mavsum muddatidan oldin yakunlangani haqida rasmiy bayonet berdi.
“2019/20 yilgi mavsumning hozirgi jadvaliga ko'ra barcha o'yinlarda to'plagan ochkolar sonini hisobga olib, rasmiy ravishda PSJ Liga 1 chempioniga aylandi”, deyiladi tashkilot xabarida.
Parijliklar mazkur titulni 9 marotaba (1986, 1994, 2013, 2014, 2015, 2016, 2018, 2019, 2020) qo'lga kiritishdi.
Avvalroq, Franciya Bosh vaziri Eduard Filipp joriy mavsum bahslari koronavirus pandemiyasi tufayli boshqa o'tkazilmasligini malum qilgandi.
SHu tariqa, PSJ, “Marsel” va “Renn” CHempionlar Ligasiga yo'l oldi, “Lill” hamda “Reyms” Evropa Ligasida qatnashadi, "Amen", "Tuluza" esa Liga 2'ga tushib ketdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar