Rasman: FIFA va UEFA rus klublarini va termasini barcha xalqaro turnirlardan chiqarib yubordi
28 fev 2022 22:50
Yangiliklar
Rasman: FIFA va UEFA rus klublarini va termasini barcha xalqaro turnirlardan chiqarib yubordi
FIFA va UEFA matbuot xizmati Rossiya klublari va termasi borasida bayonotini malum qildi.
Unga ko'ra, Rossiya termasi hamda mamlakat hududiga kiruvchi barcha klublar xalqaro turnirlardan chiqarib yuborildi. Rossiya terma jamoasi Qatar—2022 o'tish o'yinlarida ishtirok etmaydigan bo'ldi.
Bayonotda malum qilinishicha, tashkilot "Gazprom" bilan shartnomani bekor qilgan.
Eslatib o'tamiz, "Gazprom" yaqindagina UEFA bilan shartnomani 2024 yilga qadar uzaytirib, yiliga 40 million evro to'lashi borasida shartnoma imzolangandi.
Fikrlar