Rasman: Evro-2020ning chiptalar narxi ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
20 may 2019, 01:50
UEFA matbuot xizmati Evro-2020ning chiptalar narxini e'lon qildi.

Ozarbayjon, Ruminiya hamda Vengriya poytaxtlarida bo'lib o'tadigan bahslar uchun eng arzon, yani, 30 evro qiymatidagi chiptalar sotuvi yo'lga qo'yiladi. Sankt-Peterburgda o'tkaziladigan uchrashuvlarga esa muxlislar 50-185 evro miqdoridagi chipta evaziga stadionga kirishlari mumkin. Chorak final to'qnashuvlari uchun chiptalar narxi 50-185 hamda Uemblidagi hal qiluvchi o'yin uchun esa 75-225 evroni tashkil qilishi ma'lum bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Evro-2020ning final bosqichida 24ta terma jamoa qatnashadi. Uchrashuvlar qitaning 12 shahridagi 12 stadionida bo'lib o'tadi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA.com