Rasman: Davide Zappakosta "Atalanta"ga qaytdi
24 avg 2021 22:29
Yangiliklar
Rasman: Davide Zappakosta "Atalanta"ga qaytdi
"CHelsi" himoyachisi Davide Zappakosta London klubini tark etdi.
"Atalanta" klubi Davide Zappakosta bilan shartnoma imzolaganini rasman elon qildi. 29 yoshli futbolchining transfer huquqi "CHelsi" klubidan sotib olindi. Avvalroq, klub va futbolchi o'rtasidagi kelishuv 2025 yilga qadar davom etishi haqida xabar berilgandi.
2020/21 yilgi mavsumda Zappakosta "Jenoa"da ijara asosida to'p surgan. U jamoa safida 25 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan hamda 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt.com portali futbolchini 8 million evroga baholagan.
Fikrlar