Rasman: Berdiev - "Qayrat" bosh murabbiyi
24 avg 2021 19:05
Yangiliklar
Rasman: Berdiev - "Qayrat" bosh murabbiyi
Olmaotaning "Qayrat" klubi yangi bosh murabbiyi nomini elon qildi.
Turkmanistonlik mutaxassis Qurbon Berdiev Qozog'istonning "Qayrat" klubi ustoziga aylandi. Murabbiy bilan yil oxirigacha mo'ljallangan shartnoma tuzildi.
"Qayrat" bosh murabbiyi Aleksey SHpilevskiy iyunda Olmaota klubidan ketgan edi. Undan keyin jamoani dastlab Kirill Keker, keyin esa Artyom Gavrilenko boshqardi.
SHpilevskiy jamoaga 2018 yilning noyabrida kelgandi va 2020 yilda jamoani 16 yil ichida ilk bor chempionga aylantirdi. "Qayrat" hozirgi paytda uchinchi o'rinni band etib turibdi.
Malumot uchun, Berdiev 1994-1995 yillarda "Qayrat"da ishlagan.
Fikrlar