Rasman: “Bavariya” sobiq forvardi CSKA bosh murabbiyiga aylandi
23 mar 2021 19:15
Yangiliklar
Rasman: “Bavariya” sobiq forvardi CSKA bosh murabbiyiga aylandi
Xorvatiyalik 41 yoshli mutaxassis Ivica Olich “moskvaliklar armiyachilar” yangi ustozi sifatida tanishtirildi.
CSKA Olich bilan qancha muddatga shartnoma imzolagani esa ochiqlanamagan. U Viktor Goncharenkoning o'rnini egalladi.
Ivica Olich 2003-2006 yillarda moskvaliklar sharafini futbolchi sifatida himoya etgan va 112 o'yinda maydonga tushib, 41 ta gol urishga erishgan edi. U jamoa bilan UEFA Kubogi bilan birga 8 ta titulni qo'lga kiritgan.
CSKA RPL joriy mavsum 23 turidan keyin 40 ochko to'plagan holda turnir jadvalida 5-o'rinda bormoqda. Peshqadam “Zenit” bilan oradagi farq esa 8 ochkoni tashkil qiladi.
Eslatib o'tamiz, Xorvatiya TJ sobiq azosi 2017 yil butsalarini mixga ilgandi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar