Rasman: "Bavariya" Kanseluni ijaraga oldi
31 jan 2023 16:48
Yangiliklar


Rasman: "Bavariya" Kanseluni ijaraga oldi
"Manchester Siti" himoyachisi Joau Kanselu ijara asosida "Bavariya"ga o'tdi.
Futbolchi mavsum oxirigacha myunxenliklar tarkibida harakatlanadi.
28 yoshli portugaliyalik bilan tuzilgan bitimda uni 70 million evroga sotib olish huquqi ham ko'rsatib o'tilgan.
Kanselu professional faoliyatini "Benfika"da boshlagan. Oldinroq "Valensiya", "Inter" va "Yuventus" klublarida to'p tepgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar