Rasman: Barcali "Yuventus"ga qaytdi
25 sen 2019 22:40
Yangiliklar


Rasman: Barcali "Yuventus"ga qaytdi
"Yuventus"ning sobiq himoyachisi Andrea Barcali Turin klubida ish boshladi.
"Keksa sinoralar"ning matbuot xizmati xabariga ko'ra, 38 yoshli mutaxassis Mauricio Sarrining texnik yordamchisi sifatida murabbiylar shtabida ish boshladi.
Barcali 2011-2019 yillar davomida "Yuventus" bilan 16 sovrin qo'lga kiritgandi. Bahorda faoliyatini yakunlagan Barcali qisqa muddatdan so'ng yana jonajon klubiga qaytdi.
"Byankoneri"lar ayni damda A Seriya turnir jadvalida etakchi. Biroq bugun ularning asosiy raqibi "Inter" ham maydonga tushadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar