Rasman: "Atletiko"ning yuragi jamoani tark etmoqda. Xayrlashuv marosimi qachon bo'lishi aniq bo'ldi

Eldor Akmurzayev
6 may 2019, 23:45
Atletiko jamoaning ko'p yillik sardori Diego Godinning klubdan ketayotganini e'lon qildi.

Futbolchi bilan xayrlashuv marosimi seshanba kuni Vanda Metropolitanoda bo'lib o'tadi. 

33 yoshli himoyachi faoliyatini Interda davom ettiradi. U neradzurrilar bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekkan. Qayd etish joizki, Godin Italiya jamoasiga erkin agent sifatida o'tmoqda. Urugvaylik futbolchi matraschilar safiga 2010-yilda Vilyarreal klubidan kelib qo'shilgandi. 

Godin Atletiko bilan bir martadan LaLiga, Ispaniya Kubogi hamda superkubogi chempionligini, 2 martadan Yevropa ligasi va UEFA superkubogi g'olibligini qo'lga kiritgandi. Shuningdek, markaziy himoyachi Madrid jamoasi bilan 2 bora YCHLning finaliga chiqqan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Atletico Madrid