Rashid G'ofurov: "Yaxshi hujumchilarimiz bor, lekin..."
09 apr 2016 19:27
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/204268_original.jpg)
![](/upload/storage/204268_220.jpg)
Rashid G'ofurov: "Yaxshi hujumchilarimiz bor, lekin..."
"Bugun qiziqarli o'yin bo'ldi. O'yinni yaxshi boshlagandik. Yigitlar maydonda ustunlikni qo'lga olishgandi. Keyin esa nimadir bo'ldi va futbolchilarimiz qotib qolishdi.
"Mashal"ning g'alabaga chanqoqligi ko'rinib turdi. Ikkinchi bo'limda bizda ham imkoniyatlar bo'lgandi. Afsuski, hujumlarni samarali yakunlay olmadik. "Mashal"ni g'alaba bilan tabriklashdan boshqa ilojimiz yo'q.
Hujumchilarimiz yaxshi bo'lishi mumkin. Lekin, ular hujumlarni gol bilan yakunlay olmayaptilar. Bu ustida albatta ish olib borishimiz kerak. Asosiy muammomiz - vaziyatlarni yaratgandan so'ng ularni golga aylantirish.
Ikkinchi bo'limda yangi kuch bilan mayda ustunlikni qo'lga olmoqchi edik. Mamazulunov va Alibobo Rahmatullaevlarning zaxiradan maydonga tushganida jamoaga ko'proq foydasi tegadi.
Mahalliy yoshlarga etibor yaxshi. Lekin, asosiysi natija bo'lgani uchun tajribali futbolchilarga ishonyapmiz", - deya o'z fikrlarini yakunladi murabbiy.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar