So’nggi yangiliklar

09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  0 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  7 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  2 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  2 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  13 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  12 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  21 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  24

Raqobatga muhtoj "Yuventus"dan ECHLda raqobat kutamiz... Yangiliklar

Raqobatga muhtoj "Yuventus"dan ECHLda raqobat kutamiz...

Italiya A Seriyasining gegemon jamoasi "Yuventus" xususida biroz gaplashamiz.


Italiya chempionatining oxirgi yillardagi yakka hokimi "Yuventus" jamoasi uchun mavsum yaxshi start olgandi. Allegri boshchiligidagi "Yuve" dastlabki turda "Fiorentina"ni, keyinchalik safarda "Lacio"ni mag'lub etishni uddalagandi. "Yuve" 3-turda ham "Sassuolo" ustidan muhim g'alabani qo'lga kiritgandi. Biroq shundan so'ng turinliklar o'yinida pasayish kuzatildi.


Dastavval ECHL doirasida "Sevilya" qarshiligini enga olmagan "byankonerilar", kecha Milanda "Inter" tomonidan taslim etildi.
Bir qarashda katta inqiroz kuzatilmayotgani, bu natijalardan havotirga tushishga o'rin yo'qdek ko'rinadi. Ha, "Yuventus" so'nggi ikki uchrashuvda g'alaba qozona olmagani ularni sezilarli darajada kuchsizlangani bildirmaydi. Hali mavsum boshi kanligini, futbolchilar to'liq sport formaga kirib olishmagani va boshqa bir qancha omillar jiddiy xulosa qilishga erta ekanligini ko'rsatmoqda. "Yuventus"ning "Inter"ga imkoniyatni boy bergani sensaciya ham emas. Men shunchaki jamoa nega bir xil tekisda mavsumni boshlay olmaganiga to'xtalishni lozim topdim.

Pogba jamoadan ketgach Allegri "Yuve" etakchisi rolida Paulo Dibalani ko'rishni istadi va argentinalik yosh iqtidor sohibiga katta ko'lamdagi ishlarni yukladi. Dibala hozirda sof hujumchi sifatida emas, balki jamoaning hujumlariga yo'nalish beruvchi futbolchiga aylandi. Dibalaning maydondagi ish hajshi oshdi, elkasiga yuklangan masuliyat ham shu barobarida ikki hissaga o'sdi. Pogbaning ketishi, Markizioning jarohati va Pyanichning hali jamoaga kirishib ketmagani "Yuventus"ning o'yiniga salbiy tomondan o'z tasirini o'tkazmoqda. "Yuventus"ga hozir maydon markazida o'yinni o'z qo'liga olish, hujumlarni tuzish bo'yicha haqiqiy etakchi etishmayapti. Lemina hali yosh va unda tajriba kam. Xediraning maydondagi vazifalari umuman boshqa. Sami Xedira ko'proq hujumlarni rivojlantirishda, hujumlarga nuqta qo'yishda va tayanch hududida raqibning oldingi chiziqdagi rejalarini buzishda faol o'ynaydigan mehnatkash futbolchi.
Allegri maydon markazida uch futbolchini qo'yishni yaxshi ko'radigan mutaxassis sanaladi. Massimiliano ilk o'yinda maydon markazining o'ngrog'ida Xedirani, o'rtada Lemina va chaproqda Asamovni qo'ydi. Keyingi uchrashuvda ham bu futbolchilar almashishmadi. Keyinchalik esa Lemina o'rniga Pyanichni qo'ya boshladi.
To'g'risini aytish kerak, hozirgi holatda Lemina maydon markazida yomon taassurot qoldirmayotgandi. Pyanichga esa jamoaga qo'shilib ketish uchun vaqt talab etilishi oydinlashdi. Qo'shimchasiga Allegri Pyanichdan hujumchi ortida foydalanishni maqsad qilgandi. Ammo Pogbaning ketishi va "Yuventus" ushbu bo'shliqni transfer oynasida yopa olmagani ana endi pand berayotgandek. Aksel Vitcel va Matyuidi borasida olib borilgan muzokaralarning o'xshamagani Allegriga qo'shimcha bosh og'riqlarni taqdim etdi.


Kvadvo Asamoaning markazdagi o'yinlari o'zini oqlamayotgani shundoq ko'rinib qolmoqda.
Konte Asamoadan chap qanot yarim himoya va himoyada foydalanardi. Allegri kelgach esa Asamoa markaziy yarim himoyachi sifatida kashf etildi. Ammo bu kashfiyot so'nggi uchrashuvlarda "Yuventus" muxlislarini ranjitmoqda. Maydon markazidagi bu kamchilik tufayli Allegri Dibalaning gardaniga hujumlarni tashkil etish vazifasini ham yuklamoqda. Bu esa Dibalaning hujumdagi samaradorligini kamaytirib yubormoqda. Dibala yuqori texnika sohibi, to'p bilan muomala sanati qanchalik yuksak bo'lmasin, u baribir hujumchi. Dibala hujumchi sifatida xavfli va kuchli futbolchi. Undan pleymeker yasash uchun kamida vaqt kerak. Allegrining bu qarori hujumdagi keskinlikni kamaytirib yubormoqda. Kamiga hujumlar ham ko'ngildagidek tashkil etilmayapti. "Yuve"ning aksariyat gollari qanot orqali qilingan hujumlarda so'ng kiritilmoqda.


O'tgan yili ham "Yuventus" uchun mavsum starti ancha og'ir kelgandi. O'shanda jamoa haqiqiy inqiroz ko'chasiga kirib qolgandi. Bu safar o'tgan yilgi kabi katta inqiroz davri bo'lmasligi aniq. Ammo kamchiliklar va xatolarni to'g'rilash uchun malum bir vaqt talab etiladi. Allegri o'tgan yili Vidal va Pirloning o'rnini Pogba va Markizio orqali yopa olgandi. Bu yili esa Pogbaning o'rniga ham munosib nomzod tarbiyalashiga shubha yo'q.

Har qanday holatda ham "Yuventus" Italiya chempionligi uchun asosiy davogar bo'lib qoladi. "Yuventus"ning shov-shuvli transferi Gonsalo Iguain hozircha o'ziga bildirilayotgan ishonchni to'lq oqlamoqda, desak mubolag'a bo'lmaydi. Iguain oshiqcha vazni tufayli mavsumning dastlabki o'yinlarida ko'proq zaxiradan maydonga tushirildi va kerakli gollarni urib, jamoasi joniga as qotishga ulgurdi. Iguain hali o'zining to'liq optimal formasiga kirgani yo'q. Paulo Dibala esa hali raqiblari darvozasiga yo'l topa olgani yo'q va bu jihat "Yuventus" muxlislarini ancha o'ylantirib qo'ymoqda. Ammo Dibalaning gol urmayotgani bu shunchaki vaqtinchalik holat. Uning maydondagi ish hajminig o'zgargani ham argentinalik futbolchining raqib jarima maydonchasi ichida kam paydo bo'layotgani sabab.

Mario Manjukich esa Gonsalo Iguainga kuchli raqobat taqdim etmog'i lozim. Iguain asosiy tarkibga loyiq ekanligini har soniya isbotlashiga to'g'ri keladi. Aks holda Manjukichdek mehnatkash hujumchini istalgan murabbiy asosiy tarkibga kiritgisi keladi.

Allegrining ish uslubidan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, "Yuventus" sekin-asta o'zining optimal formasiga kirib boraveradi. Allegri har doim o'z jamoasini qishdan keyingi hal qiluvchi pallaga to'liq tayyorlab borishga katta etibor qaratadi. SHu bois bu yili Italiyada yana intriga qaytishi va "Yuventus" chempionlik uchun ancha ter to'kishiga to'g'ri keladi. Agarda uning raqobatchilari "Roma", "Inter" va "Napoli"ning ishlari yaxshi kechsa, unda "Yuventus"ni bahor faslida chempionlik poygasi uchun haqiqiy sinov kutib turadi. Aks holda bo'lsa, "Yuventus" osonlik bilan yana chempionlikni rasmiylashtirib qo'yishi mumkin.

Lekin Allegri va uning jamoasi uchun bu yili nafaqat A Seriya va Italiya Kubogida zafar quchish muhim sanaladi, balki ushbu mavsumda turinliklar ECHLda ham bosh sovrin uchun kurashishlarini bot-bot takidlashdi. Agarda "Yuventus" rostan ham Evropa chempionlar ligasida g'oliblikni ko'zlaydigan bo'lsa, unda qishki transfer oynasida kamida bitta top transferga qo'l urishi va futbolchi markaziy yarim himoyachi bo'lishi talab etiladi. Yo'qsa "Yuventus"ning mavjud saviyasi faqatgina Italiya miqiyosida yakka hokimlikka davogarlik qila oladi.

Tan olish kerak, jamoalarning imkoniyatlari va futbolchilar darajasi va saviyasidan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, "Bavariya", "Barselona" va "Real" hozirgi "Yuve"dan ushbu jihatlar borasida yaqqol ustunlikka ega.

"Yuventus" bu jamoalarni faqatgina kuchli taktikaga asoslangan o'yin orqali engishi mumkin va buni Allegri uddalay olishini oxirgi ikki yilda isbotladi.


Bu yilgi "Yuventus"ni kuzatish qiziq bo'ladi. Agarda "Napoli", "Inter" va "Roma" Italiyada "Yuve"ga munosib raqobat tashkil etib bera olsa, "Yuventus" esa aksincha ECHLda "Real", "Bavariya" va "Barselona"ga ushbu chinakam raqobatni tug'dira olsa, unda bu yilgi futbol mavsumi muxlislar xotirasida uzoq vaqt saqlanib qolishiga shubha yo'q.

Katta muvaffaqiyatlarga kichik xatolardan saboq olgan holda erishiladi.
"Yuventus" oxirgi ikki yil ichida kichik xatolar evazigagina ECHLning so'nggi bekatlarida qoqildi. Bu yili esa ularning maqsadlari jiddiy ekanligini so'nggi paytlarda ko'p ovoza bo'lmoqda.

Ichki chempionatda raqobatga muhtoj bo'lib turgan "Yuve" ECHLda "Bavariya", "Barselona" va "Real"ga raqobat qila oladimi?

Buyog'ini endi vaqt ko'rsatadi.


Omonjon To'xtamirzaev

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика