Rangnik Ronaldu haqida: "Men hech qachon 36 yoshli futbolchini bunday holatda ko'rmaganman. U baribir o'yinlar natijasini bemalol hal qila oladi"
03 dek 2021 19:48
Yangiliklar
Rangnik Ronaldu haqida: "Men hech qachon 36 yoshli futbolchini bunday holatda ko'rmaganman. U baribir o'yinlar natijasini bemalol hal qila oladi"
"Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi Ralf Rangnik hujumchi Krishtianu Ronalduni maqtadi.
"Siz har doim futbol uslubingizni yoki g'oyalaringizni o'yinchilaringizga qarab moslashtirishingiz kerak.
36 yoshli Ronalduning ikkinchi bo'limda "Arsenal"ga qarshi o'yinini ko'rdim, u professional darajada. Uning yoshidagi futbolchini bunday jismoniy holatda ko'rmaganman. Krishtianu baribir o'yinlar natijasini bemalol hal qila oladi.
Lekin gap faqat u haqida emas, gap butun jamoani rivojlantirish masalasida ketmoqda. Kecha ko'rganlarimga asoslanib, Krishtianu jamoa uchun bor kuchini berishga tayyorligini angladim", - dedi Rangnik.
Fikrlar