Rangnik Pogbaning qachon safga qaytishini malum qildi
10 dek 2021 22:15
Yangiliklar
Rangnik Pogbaning qachon safga qaytishini malum qildi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik yarim himoyachi Pol Pogbaning holati haqida gapirdi.
Futbolchi son qismi mushaklaridan jarohat olgandi.
"Pogba bilan ikki kun oldin telefonda gapladim. U o'shanda Dubayda edi. Pol bugun qaytishi kerak. Yakshanba kuni u bilan ilk marta ko'rishaman.
O'shanda 10-15 daqiqa mobaynida Pogba bilan gaplashdim. Holati yaxshilanayotganini aytdi, biroq hali ham eng yaxshi holatida emas ekan. SHu sababli ikki haftalardan keyin umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytadi. Ha, u uzoq vaqt bizdan uzoqda bo'ldi. SHu sababli unga ko'proq vaqt beraman.
Keyinchalik birinchi navbatda uning jismoniy holatini to'g'rilab olamiz va APL o'yinlariga taktik nuqtai nazarimizni singdiramiz", - dedi Rangnik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar