Raneri tez orada istefoga chiqariladi
24 jan 2022 10:00
Yangiliklar
Manbaga ko'ra, “Uotford” rahbariyati yaqin fursatlarda jamoa ustozi Klaudio Ranerini o'z lavozimidan ozod etadi. Jamoaning 23-turda “Norvich”ga uchralgan yirik mag'lubiyatidan keyin 70 yoshli mutaxassisning istefosini tezlashtirdi.
Umuman “Uotford” italiyalik mutaxassis qo'l ostida 14 o'yinda qatnashib, 11 bor mag'lub bo'ldi, 2 bahsda g'alaba qo'lga kiritildi va bitta uchrashuvda murosa yo'li tanlandi.
Klub 5 fevral kuni chempionat doirasida o'tadigan “Byornli”ga qarshi o'yingacha yangi murabbiy nomini elon qilmoqchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar