Ramush Ronaldu haqida fikr bildirdi
07 dek 2022 20:29
Yangiliklar


Ramush Ronaldu haqida fikr bildirdi
"Hatto tushimda ham jahon chempionatining pley-off bosqichida asosiy tarkibda o'ynashimni tasavvur qila olmasdim. Hozirda Marokashga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'ryapmiz, shu bois boshqa o'yinlar haqida o'ylamaymiz.
Krishtianu Ronaldu bizning etakchimiz. U jamoa sardori hisoblanadi. Biz hamisha u bilan yonma-yon o'ynashni intiqlik bilan kutamiz. Ronaldu ko'pchiligimizning kumirimiz sanaladi. Krishtianu Ronaldu, Robert Levandovski va Zlatan Ibragimovich menga o'rnak bo'ladigan futbolchilardir", - dedi "Benfika" klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi.
Eslatib o'tamiz, JCH-2022 1/8 finalida SHveycariyaga qarshi o'yinda (6:1) xet-trik qayd etgan Ramush uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Krishtianu Ronaldu esa uchrashuvning 73-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar