Ramos: “Qachon istasak, “Real”ning eng yaxshi o'yinini namoyish eta olamiz”
20 jan 2019 08:05
Yangiliklar
Ramos: “Qachon istasak, “Real”ning eng yaxshi o'yinini namoyish eta olamiz”
“Real” sardori Serxio Ramos La Liganing 20-turida “Sevilya” ustidan (2:0) qozonilgan g'alabadan keyin o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Bizga shunday o'yin lozim edi. Biz maydonda barcha jabhada ustunlik qildik. O'z imkoniyatlarimizdan foydalana oldik, bundan xursandmiz. O'yin “Real”ning yirikroq g'alabasi bilan ham yakunlanishi mumkin edi.
Muxlislar ko'z o'ngida ishonchli g'alabani saqlab qolishga urindik. Biz ilk daqiqalardanoq raqibga bosim uyushtirdik va munosib taqdirlandik. Bu biz uchun muhim edi, chunki futbolda har doim ham raqibdan ustunlik qilsangda, g'alabaga erisha olmaysan. Qachon istasak, o'shanda “Real”ning eng yaxshi o'yinini namoyish eta olamiz.
Muxlislar bilan bitta qayiqda bo'lishimiz lozim. Ularga bugungi o'yinimiz yoqqanligi ko'rinib turgandi”, deya Ramosning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca.
Fikrlar