Ramos mundialda o'ynash istagini bildirdi
02 noy 2022 18:25
Yangiliklar
PSJ himoyachisi Serxio Ramos Ispaniya terma jamoasi tarkibida JCH-2022da ishtirok etish istagi borligini malum qildi. SHu bilan birga, 36 yoshli markaziy himoyachi 2021 yilning mart oyidan beri terma jamoada o'ynamadi.
"Bu ranglarni himoya qilish qanchalik muhimligini hamma biladi. Men o'zimni yana yaxshi his qilyapman va tayyor bo'laman, lekin bu albatta menga emas, balki men juda hurmat qiladigan Luis Enrikega bog'liq. Orzum – terma jamoaga qaytish va Jahon chempionatida o'ynash. Umid qilamanki, Qatarga boraman", – dedi futbolchi.
Avvalroq Ramos Ispaniya terma jamoasining JCH-2022 uchun kengaytirilgan tarkibiga kiritilgani haqida xabar berilgandi.
Fikrlar